Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Zarbdor tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi va tuman prokuraturasi hamkorligida "Prokratura idorasi va tabiat qo'yniga sayohati" tashkil etildi

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Zarbdor tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi va tuman prokuraturasi hamkorligida "Prokratura idorasi va tabiat qo'yniga sayohati" tashkil etildi

03 июнь 2024 йил
150
0

Zarbdor tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi va tuman prokuraturasi hamkorligida 2024 yil 1-iyun kuni tumandagi yoshlarning dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy, harbiy-vatanparvarlik va huquqiy tadbirlar doirasida tumanning eng chekka hududida joylashgan Taraqqiyot mahallasidagi 6-maktabning 9-, 10-11-sinf oʻquvchilari Zomin tumanining tarixiy va diqqatga sazovor joylari hamda tuman prokuraturasiga sayohatga olib borildi. 
Sayohat davomida yoshlarga Zomin tumanining diqqatga sazovor joylari va tarixiy obidalari tanishtirilib, shundan soʻng, yoshlar dasturxoni yozilib unda tansiq taomlar tortildi. 

Shu bilan birgalikda Zarbdor tuman prokuraturasining tarixi, prokuratura organlarida xizmat qilgan shaxslar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda davlat xizmatchisi sifatida faoliyat olib borishning masʼuliyati haqida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbati davomida, tuman prokurori, 2-sektor rahbari R.Masharipov "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasining 87-maqsadi - yoshlarning huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʻz huquqlarini biladingan va qonuniylarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan yoshlarni kasb-hunarlarga yoʻnaltirish boʻyicha yoshlarga davlat tomonidan barcha yordamlar koʻrsatilayotganligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. 

Shuningdek, tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan yoshlarga harbiy oliy taʼlim muassasalari va huquqni muhofaza qilish akademiyasiga oʻqishga qabul qilish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар