JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA ZARBDOR TUMAN SUDI RAISI TOMONIDAN MAKTAB O‘QUVCHILARI BILAN MUNTAZAM DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZIB KELINMOQDA
Jizzax viloyat sudlari hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ish rejaga asosan, viloyatdagi barcha sudyalar tomonidan hududda joylashgan maktablarda yoshlarning huquqiy bilimi va madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini tushuntirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudi raisi Q.Mamaraximov tomonidan Zarbdor tumani Oqbuloq MFYdagi 15-umumla’lim maktabida maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari davomida yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sud tizimi haqidagi bilimlarini oshirish yuzasidan hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratilganligi haqida tushuntirishlar berilmoqda.
Davra suhbatlari davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga sud raisi tomonidan javob olishmoqda.
Zero, yoshlar bilan muloqot, ularda yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga munosib xissa qo‘shishga, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga xizmat qiladi.