Suvdan oqilona foydalanish - bugunning talabidir!
Suv insonning hayoti uchun eng kerakli bebaho ne'mat ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. So'nggi vaqtlarda suv tanqisligi, suv muammolariga bog'liq bahs, munozaralar asosiy mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Haqiqatdan ham aholining tabiiy o'sishi va suv iste'molining ko'payishi, iqlim o'zgarishi natijasida yog'ingarchiliklarni qisqarishi, shuningdek Markaziy Osiyoda ham suv tanqisligi yuzaga kelmoqda. Sir emaski, o'tgan asrning 60 yillaridan qishloq xo'jaligi ekinlari uchun Sirdaryo va Amudaryodan keng foydalanish oqibatida Orol dengizining suv sathi asta- sekin kamaya boshlagan bo'lsa, bugunga kelib dengiz qurib sahroga aylanib bormoqda. Orol atrofidagi ekologik holatning yomonlashuvi natijasida atrofida yashaydigan aholi sog'ligiga jiddiy xavf, xavotir solmoqda. Butun yer yuzida iqlimning o'zgarishi esa, suv muammosini yanada keskinlashtirib yubormoqda. Yer sharida dengizlar, daryolarning soni qanchalik ko'p bo'lmasin, 3 foizgina chuchuk suv bòlib, ushbu chuchuk suvning ham atigi 1 foizi iste'molga yaroqli hisoblanadi. So'nggi 10-15 yilliklarda qor yog'ishi kamayib bormoqda. Suv zahiralarini shakllanishida qorning ahamiyati katta ekanligini geografiya fanidan o'qib, uqib olganmiz. Tog'lardagi muzliklar, erib daryo, dengizlarni suv zahiralari bilan to'yintiradi.
Suv muammolarini kelib chiqishiga shaharsozlik, aholi sonini keskin oshib borishi, sanoatning, qishloq xo'jaligining rivojlanishi suvga bo'lgan ehtiyojni oshishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi vaqtda ichimlik suvidan ham bemaqsad sarflash holatlarini juda ko'p kuzatmoqdamiz. Yoz faslida qishloq joylarda yashaydigan aholining ko'pchiligi, ariqlarda suv tanqisligi sababli toza ichimlik suvlardan ekinlarni sug'orish uchun ishlatadi.
Natijada hamma xonadonlarga ham ichimlik suvi yetib bormaydi. Shu kabi holatlar ko'p qavatli uylarda ham kuzatiladi. Hojatxona, avtomobil yuvishda necha yuz litrlab suv isrof qilinadi. Mutaxassislarning aytishicha ichimlik suvni aholiga yetkazishda bir nechta bosqichlari bor. Toshkent shahrini suv bilan ta'minlashda suv o'z yo'lidan oqib boradi, ya'ni Bo'zsuv kanalidan foydalanadi. Bunda elektr energiya kam sarflanadi. Navoiy viloyatini suv bilan ta'minlashda 70 foiz suv quvurlar orqali Samarqand viloyatidan keltiriladi. Bunda elektr energiyaning ko'p sarflanishi kuzatilgan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, suvga bo'lgan ehtiyoj, talab har qachongidan ortib bormoqda. Bu dolzarb masala Markaziy Osiyo mintaqasini ham chetlab o'tgan yo'q. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra 2050 yilgacha suv resurslari Sirdaryo havzasiga 5 foizgacha, Amudaryo havzasiga 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. Aholining o'sishi hisobiga O'zbekistonda 2030 yilga borib, suvga bo'lgan talab 7 mlrd kub metrga yetishi, 2050 yilga borib esa bu ko'rsatkich ikki barobarga ortishi mumkin. Respublikamizda suv tanqisligini inobatga olib suv resurslaridan foydalanish tubdan isloh qilinmoqda.
Bundan asosiy masala suvdan oqilona foydalanish, sug'oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan.
Suv bilan bog'liq muammolarning hal etish borasida OABda bir qancha maqolalar berilib, suv muammolari va ularni bartaraf etish yo'llari yoritilib borilyapti. Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Vahitboy Aldamurodov "Suv tanqisligi; muammo va yechimlar" maqolasida suv tejovchi texnologiyalar va ulardan samarali foydalanish usullari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumotlar beradi. Jumladan, 2017-2023 yillarda jami 1,2 mln gektar maydonda qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining qariyb 31 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi. Bu tomchilatib, yomg'irlatib, diskret sug'orish, egiluvchan quvur, plyonka to'shab sug'orish kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. Bu usullar 2019 yildan mamlakatimizda qo'llanilib kelinmoqda. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo'llab- quvvatlash bo'yicha yangi tizim-subsidiya ajratish mexanizmi yo'lga qo'yildi. O'zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Osiyoda to'rtinchi, dunyoda o'n uchinchi o'rinda ekani shubhasiz, quvonarli- deya ta'kidlab o'tadi, deputat o'z maqolasida.
Haqiqatdan ham, suvni maxsus quvurlar yordamida tomchilatib suģorishdan yaxshi natija kutish mumkin. Tomchilatib sug'orishning afzalliklari suv sarfini 30, 50 foizga kamaytirib, ekin hosildorligi ortadi, mehnat sarfi kamayadi. Yana OAVda yoritilgan "Kun.Uz" jurnalisti Lola Rahmonboyevaning Germaniyadagi mutaxassis yurtdoshimiz Umrbek Allaqulov bilan suhbatini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
Umrbek Allaqulov Berlin shahridagi "Water integrity Network" xalqaro nodavlat tashkilotining tadqiqotlar bo'yicha koordinatori, "Buyuk kelajak" eksperti: "Tashkilotining vazifasi suv muammolari bo'yicha dunyo ahlining xabardorlik dajasini oshiradi va korrupsiyaning oldini olish tamoyillarini targ'ib qilish bilan shug'ullanadi. Faoliyati davomida OAV bilan yaqindan hamkorlik qilib 10 dan ortiq hamkor mamlakatlar bilan tadbirlar uyushtiradi.
"Xabar Uz" sayti muxbiri. (05.08.2023) "2030 yilga borib O'zbekiston dunyodagi suv taqchil bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi" mavzusida "O'zbeksuvta'minot" AJ axborot xizmati bosh mutaxassisi Akmal Qodirov bilan suhbatlashgan.
Gurungda u suv muammolari, toza suv yetkazib berish uchun ishlatiladigan energiya, suvning narxi, suvni bemaqsad sarf qilish haqida o'z fikr, mulohazalarini bildiradi. "2030 yilga borib O'zbekiston dunyodagi suv taqchil bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Birinchi jahon urushi yer uchun bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi energiya resurslari uchun bo'lgandi. Uchinchi jahon urushi suv uchun bo'ladi" - deydi Akmal Qodirov Sardor Ali Nurmatov bilan bo'lgan suhbat davomida.
Bi- bi- si News O'zbek ijtimoiy tarmog'ida esa "O'zbekiston kelasi 20 yil ichida qariyb suvsiz qolishi mumkin. Yechim nima?" - sarlavhali maqolasida suv xalqaro muammo Orol dengizi muammolari yoritilgan. Singapur "To'rt Jo'mrak" nomli suv yig'ish tizimini ishga tushirilganligi, Isroil dunyodagi suvni eng ko'p qayta ishlovchi davlat va bu borada so'nggi texnologiyalarni ishga soladi - deya, ta'kidlab o'tilgan.
Shu o'rinda suv tanqisligini oldini olish uchun aholi o'rtasida qanday ishlarni amalga oshirsa bo'ladi - degan savol tug'iladi.
- Suvdan oqilona foydalanish, suv tanqisligini oldini olish uchun mahalla institutlarida aholiga tushintirish ishlarini yo'lga qo'yish bugunning dolzarb masalalaridan biridir!
-Suvni isrof qilmaslik uchun roliklar yaratish, afishalar, bukletlar orqali aholiga yo'l- yo'riqlar ko'rsatish bugunning asosiy mavzularidan biri bo'lishi kerak!
- Shu bilan birgalikda ta'lim, tarbiya maskanlarida rasmlar, diktant, insholar tanlovini o'tkazish, o'sib-ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni suvga bo'lgan e'tiborsizligini oldini oladi! eng ko'p qayta ishlovchi davlat va bu borada so'nggi texnologiyalarniishga soladi- deya ta'kidlab o'tilgan.
Q.Q.Mamaraximov
Jinoyat ihlari bo’yicha Zarbor tuman sud raisi