Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi yanada oshadi

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi yanada oshadi

23 февраль 2024 йил
80
0

Prezidentning 05.01.2024 yilda 5-sonli «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

 

Bugun dunyoda kechayotgan global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining o‘sishi va iqtisodiyot tarmoqlarining kengayishi suvga bo‘lgan talabning ortib borishiga, suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, so‘nggi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi ob’yektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan «suv - tekin» tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish maqsadida:

  • suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suv yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlar bekor qilindi;
  • Suv xo‘jaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlari hamda maxsus xizmatlari negizida Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalari tashkil etiladi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish  xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

 

Quyidagilar Suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

  • belgilangan limitlar asosida iste’molchilarga suv yetkazib berish;
  • o‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
  • sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash;
  • suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
  • iste’molchilar kesimida iste’mol qilingan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlari taqdim etish va hokazo.

O‘RQ-891-son Qonunning 4-moddasi 38-bandi asosida qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi bir kub metr uchun 100 so‘m qilib belgilangan.

 

2024 yildan boshlab:

  • Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25 martga qadar vegetatsiya davri uchun va 25 sentyabrga qadar kuz-qish davri uchun suv manbalarning suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlaydi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalari har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1 oktyabrga qadar – kuz-qish davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo‘yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman kengashlariga kiritadi;
  • iste’mol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv solig‘i bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki baravar oshirilgan holda  hisoblanadi;
  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaringi joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga “suvkredit.uz” platformasi orqali 5 yil muddatga, shundan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14% stavkada kreditlar ajratiladi;
  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uschun subsidiyalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning o‘zida to‘liq miqdorda ajratiladi.

 

2025 yildan boshlab:

  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan  suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,5 kamaytiruvchi koeffisiyent qo‘llaniladi;
  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun olingan  suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,7  kamaytiruvchi koeffisiyent qo‘llaniladi;
  • baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda suv solig‘i stavkasiga 0,7  kamaytiruvchi koeffisiyent qo‘llaniladi;
  • suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan  suv hajmi suv suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda suv solig‘i stavkasiga 1,5 oshiruvchi koeffisiyent qo‘llaniladi.

Qoraqalpog‘iston Republikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha loyihalarga tijorat  banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 10 foizidan oshadigan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi. 

Sug‘oriladigan yerlarda yangi bog‘lar, uzumzorlar va boshqa ko‘p yillik o‘simliklar, shuningdek yengil konstruksiyali issiqxonalarni tashkil etishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan xulosalar faqat suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan taqdirdagina beriladi.

Jinoyat ishlari boyicha Zarbdor tuman sudi raisi

Mamaraximov Quvondiq Qudratovich

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар