Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Zarbdor tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

24 июль 2024 йил
59
0

24-iyul kuni tuman hokimligida tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o‘z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimi Zafar Sharopovich Ruziyevga murojaat qilishdi. Unda Xalq qabulxonasi mudiri B.Aralov va tumandagi barcha mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas’ul vakillar ishtirok etishdi. Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolardan davolanish uchun moddiy yordam, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, elektr energiyasi, ichimlik suvidagi muammolar, shuningdek ishga joylashish bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi. 

Tuman hokimi, sektor va mutasaddi tashkilot rahbarlari ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda o'rganildi.

Jumladan: 4-sektor hududidagi Andijon MFYda yashovchi Isroilova Dilafro‘z Kredit olish va tadbirkorlik masalasi bo‘yicha, Rajabova Fazilatning farzandini bolalar bog‘chasiga joylashtirish masalasi, Tovboeva Donaxolning uy-joy va moddiy yordam masalasi, Umarova Nasibaning Uy-joyini hujjailashtirish masalasi va Navoiy MFYda yashovchi To‘raeva Dilnozaning moddiy yordam masalalari kun kech bo‘lishiga qaramay joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etildi 

10 dan ortiq murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijrosi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi. Murojaatlar ijrosi yuzasidan shu hafta yakuniga qadar murojaat egasiga va tuman hokimiga yozma ma’lumot taqdim qilish lozimligi belgilandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар