Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2024-yil 8-avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yetmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qarorining ijrosi, Zarbdor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish, Zarbdor tuman mahalliy byudjetining tasdiqlangan xarajatlar rejasiga o‘zgartirishlar kiritish, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 7 martdagi “Zarbdor tumanida “Ayollar daftari” ning 5-bosqichini shakllantirish to‘g‘risida”gi VI-62-31-3-49-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, Tuman hokimining sessiyalar oralig‘idagi qarorlarini tasdiqlash hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmishinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.