Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » "Qadring baland bo'lsin-Ona tilim" shiori ostida kitoblar taqdimoti

"Qadring baland bo'lsin-Ona tilim" shiori ostida kitoblar taqdimoti

04 август 2024 йил
64
0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5850-sonli va 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida 2024-yil 2-avgust kuni soat 10-00 da Jizzax viloyati Sharof Rashidov nomli Axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori Azizjon Eminov va “Ona tilim – mangu makonim” she’riy to‘plami mas’ul muharriri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Faxriddin Xayitov hamda Jizzax viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Baxodir Mavlyanov rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan nashr etilgan “Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lugʻati”, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”. “Ona tilim mangu makonim”, “Davlat tilida ish yuritish” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Taqdimot marosimida Jizzax viloyatidagi shahar va tumanlar hokimlarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari, Jizzax viloyati Sharof Rashidov nomli Axborot-kutubxona markazi va uning tuman (shahr) bo‘limlari xodimlari, Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlarining rahbarlari va xodimlari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining o‘qituvchilari ishtirok eishdi. 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Qadring baland bo'lsin ona tilim!
20 октябрь 2023, Пятница
Qadring baland bo'lsin ona tilim!
“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!”
09 июнь 2023, Пятница
“Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!”
"21-OKTYABR - OʼZBEK TILI BAYRAMI KUNI"
21 октябрь 2022, Пятница
"21-OKTYABR - OʼZBEK TILI BAYRAMI KUNI"
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар