“Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni yuzasidan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Zarbdor tumani hokimligida tuman hokimligi xodimlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda tumandagi mahallalar "yettiligi" ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-931-sonli Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli Qarori mazmun-mohiyati to'g'risida kengaytirilgan seminar-trening bo'lib o'tdi.
Seminar-treningda tuman hokimi Z.Ruziyev, tuman prokurori R.Masharipov hamda tuman Adliya bo'limi boshlig'i B.Bozorovlar so'zga chiqib, ishtirokchilarga davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini o‘rnatish maqsadida mazkur Qonun va Qarorlar qabul qilinganligi, ushbu Qonun va Qarorlar bilan o‘rnatilgan talablar va mexanizmlarni davlat organlari va tashkilotlarida samarali joriy etish, bu jarayonda xodimlarning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlash hamda ular uchun zarur tushuntirish ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning qonuniylik, fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning va davlatning qonuniy manfaatlari ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, xolislik, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kabi asosiy prinsiplari bilan tanishtirib o‘tishdi.