Yosh kitobxon tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Joriy yilning 26-sentabr kuni maktab o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik mutolaasi hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantrish, o‘quvchi va yoshlarning bugungi kunda zamonaviy axborot resurslaridan unumli foydalanishi va qiziqishlarini shakllantrish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi “Kitobsevar millat” shiori ostida tuman maktablari kesimida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko’rik tanlovini o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rik tanlov birinchi bosqichi maktablarda tashkil etilib, maktab bosqichida 7685 nafar o‘quvchi qamrab olindi. Maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan 93 nafar kitobxon yoshlar tuman bosqichida ishtrok etish imkoniyatini qolga kiritib 2024-yil 26-sentab kuni soat 10:00 da Zarbdor tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi 2 bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqich 30 daqiqa vaqt, 20 ta test savollari berildi va unga o‘quvchilar yozma ravishda javob berib o‘quvchilarning husnixatlari ham inobatga olindi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan baholanadi. Birinchi bosqich 20 ta savaoldan 16 ta to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi ikkinchi bosqichga o‘tkazildi bunda sinflar toifasisa 42 nafar o‘quvchi ikkinchi bosqich og‘zaki tezkor savol-javob ishtrok etib 3 tadan savol taqdim qilinadi.
Tanlov natijasiga ko‘ra tuman bosqichida 1-4 sinflar doirasida
1-o‘rinni 3-maktab Baxtyorov Nursulton
2-o‘rinni 23-maktab Saparaova Sevinch
3-o‘rinni 25-maktab Xudayorova Shodiyonalar
O‘rinlarni egallagan bo‘lsa 5-9 sinflar doirasida
1-o‘rinni 28-maktab Ismoilova Farida
2-o‘rinni7-maktab Qurbonova Malika
3-o‘rinni 25-maktab Axmadov Inomjon
10-11 sinflar o‘rtasida esa
1-o‘rinni 3-maktab O‘ng‘orova Sabrina
2-o‘rinni25-maktab Xalilova Zulfizar
3-o‘rinni 12-maktab Erkaboyeva Madinalar g‘olib deb topildi.
Tadbir yakunida tuman prokuraturasi tomonidan kitobxon yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari hamda tuman markazidagi o‘quv markaziga 6 oylik o‘quv kursi uchun sertifikatlari, smart soatlar topshirildi.