Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

Matbuot anjumani

18 июнь 2024 йил
51
0

Zardor tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida tuman hokimi ovrinbosari R.Anqayev, soha vakillari hamda mahalliy jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, tuman Madaniyat bo‘limi mudiri Vohidjon Egamov tomonidan bo'lim tomonidan amalga oshiriligan ishlar bilan tanishtirdi:

Zarbdor tuman madaniyat bo‘limida 2024 yil 4 yanvardagi 2-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qarori ijrosi yuzasidan markaz mutaxassisi Oltmisheva Buvzilol Tilovberdievna mas’ul etib biriktirilgan. Madaniyat bo‘limining 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi ma’naviyat –ma’rifat tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tasdiqlangan.

2024-yil 7-11-yanvar kunlari Zarbdor tumanidagi “Yoshlik”, “Yangikent”, “Andijon”, “Sharq Yulduzi”, “Lalmikor”, “Adirodob”, “Toshkesgan”, “Nurafshod”, “Taraqqiyot” MFYlarda uyushmagan yoshlar va fuqarolar uchun “Inson qadri uchun” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy hamda konsert tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda jami 2500 nafarga yaqin mahalla yoshlari va fuqarolari jalb etildi.

2024-yil 12-yanvar kuni Zarbdor tuman madaniyat markazida "Zo`r-zo`r" quvnoqlar va zukkolar jamoasining mahalladagi uyushmagan yoshlar uchun ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish qilindi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo’limi jamoasining badiiy chiqishlari ham namoyish etildi. Tadbirga 300 nafardan ortiq yoshlar jalb etildi.

2024-yilning 14-yanvar kuni Zarbdor tumani madaniyat markazining tomoshalar zalida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston qurolli kuchlari tashkil topilganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Badiiy xavaskorlik jamoalari” hamda estrada xonandalari tomonidan tayyorlangan “Shu aziz vatan – barchamizniki” deb nomlangan bayram konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga xavola etildi. Xarbiy vatanparvarlik ruxidagi qo‘shiqlar, jo‘shqinlikni o‘zida aks etgan bolalar qo‘shiqlari yig‘ilganlarda iliq ta’surotlar uyg‘otdi. Bayram tadbiriga 200 nafardan ortiq tuman tashkilot vakillari ishtirok etdi.

2024-yilning 10-fevral kuni Zarbdor tuman markazidagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktabida buyuk bobokalonimiz, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” adabiy kechasi bo’lib o’tdi. Tadbir davomida A.Navoiy asarlari o’quvchi yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Tadbir tuman madaniyat bo’limi va tuman XTB bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 50 nafardan ortiq o’quvchi yoshlar jalb etildi.

2024-yilning 11-fevral kuni Zarbdor tuman Oqar MFY dagi 30-umumiy o’rta ta’lim maktabida buyuk bobokalonimiz, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” adabiy kechasi bo’lib o’tdi. Tadbir davomida A.Navoiy asarlari o’quvchi yoshlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Tadbir tuman madaniyat bo’limi va tuman XTB bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 40 nafardan ortiq o’quvchi yoshlar jalb etildi.

2024-yilning 14-fevral kuni Zarbdor tuman Oybek MFY dagi madaniyat markazi tomoshalar zalida Buyuk bobokalonimiz, so’z mulkining sultoni, mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va davlat arbobi, temuriylar shahzodasi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” kechasi tashkil etildi. Tadbir davomida madaniyat bo’limining ijodiy hodimlari, to’garak ishtirokchilari va maktab o’quvchilari tomonidan buyuk mutafakkirlarimiz qalamiga mansub bo’lgan musiqiy va she’riy asarlar namoyish etildi. Tadbir tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, tuman ma’naviyat-ma’rifat bo’linmasi va XTB bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 100 nafarga yaqin o’quvchi yashlar tashrif buyurdi.

2024-yil 17-fevral kuni Zarbdor tumanining bir qator maktablarida “Hayot - bebaho ne’mat” shiori ostidagi rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlov davomida maktab o’quvchilari tomonidan “Biz terrorizmga qarshimiz”, “Vijdon erkinligi” kabi mavzularida rasmlar oq qog’ozlarga tushurildi. Tadbir taman madaniyat bo’limi, tuman XTB va tuman ma’naviyat-ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 120 nafarga yaqin o’quvchi yoshlar jalb etildi. Jumladan:

II sektor hududidagi Taraqqiyot MFY ning 11-maktabida 25 nafar.

II sektor hududidagi Yangihayot  MFY ning 32-maktabida 30 nafar.

IV sektor hududidagi Sharq Yulduzi MFY ning 31-IDUM va 13-maktablarida tanlovlar bo’lib o’tdi va 75 nafarga yaqin o’quvchi yoshlar jalb qilindi. 

2024-yil 19-fevral kuni Zarbdor tumanining bir qator maktablarida "Yangi O'zbekiston yoshlari diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi birlashamiz" shiori ostidagi rasmlar tanlovining maktab bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda mavzusiga doir bo’lgan rasmlar tasvirlandi. Yakuniy natijalarga ko’ra faol qatnashgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlangan holda tanlovning tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Tanlov tuman XTB, tuman madaniyat bo’limi va yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirlar:

3-sektor hududidagi Nurobod MFY dagi 32-maktabida 20 nafar o’quvchi yoshlar ishtirokida.

1-sektor hududidagi Oqar MFY dagi 27-maktabda, 25 nafar o’quvchi yoshlar ishtirokida.

1-sektor hududidagi Oybek MFY dagi 3-maktabda, 35 nafar o’quvchi yoshlar ishtirokida.

4-sektor hududidagi Andijon MFY dagi 10-maktabda, 20 nafar o’quvchi yoshlar ishtirokida.

1-sektor hududidagi Toshkesgan MFY dagi 28-IDUM da, 25 nafar o’quvchi yoshlar ishtirokida.

Maktablarda o’tkazilgan tanlovlarda jami 125 nafar o’quvchi yoshlar ishtirok etdi.

2024-yilning 3-mart kuni Zarbdor tuman III sektor hududi Oybek MFY dagi madaniyat markazi tomoshalar zalida tumanda 3-10-mart kunlari “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan g’oyani o’zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida “Muqaddas ayol” nomli konsert tomoshasi bo’lib o’tdi. Konsert davomida madaniyat bo’limining ijodiy hodimlari, to’garak ishtirokchilari va maktab o’quvchilari tomonidan musiqiy, she’riy va milliy raqslar chiqishi namoyish etildi. Tadbir tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, oilava mahallani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman ma’naviyat-ma’rifat bo’linmasi va MMTB bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 100 nafarga yaqin tuman yoshlari tashrif buyurdi.

2024-yilning 4-mart kuni Zarbdor tuman I sektor hududi Oqar MFY dagi kasb-hunar maktabi tomoshalar zalida tumanda 3-10-mart kunlari “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan g’oyani o’zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida “Muqaddas ayol” nomli konsert tomoshasi bo’lib o’tdi. Konsert davomida madaniyat bo’limining ijodiy hodimlari, to’garak ishtirokchilari va maktab o’quvchilari tomonidan musiqiy, she’riy va milliy raqslar chiqishi namoyish etildi. Tadbir tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, yoshlar ishlari agentligi, oilava mahallani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman ma’naviyat-ma’rifat bo’linmasi va XTB bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga mahallaning 200 nafarga yaqin yoshlari tashrif buyurdi.

2024-yilning 7-mart kuni Zarbdor tuman IV sektor hududi Tinchlik MFY dagi tuman hokimligi tomoshalar zalida tumanda 3-10-mart kunlari “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan g’oyani o’zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida “Siz – muqaddassiz, aziz ayollar” mavzusidagi konsert dasturi bo’lib o’tdi. Tadbirni tuman hokimi Z.Sh.Ruziyev ochib berdi va so’zi davomida tumanimiz ayollarini samimiy tabriklab o’tdi. Konsertning badiiy qismi tuman madaniyat bo’limining ijodiy hodimlari, tomonidan tayyorlangan musiqiy, she’riy va milliy raqslar chiqishlari bilan davom etdi. Konsertga mehmon san’atkor sifatida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Zamira Suyunova, taniqli honanda Bekmurod Jo’rayev, Iroda Xo’jamova hamda so’z ustasi Gulmurod Hudoynazarovlar tashrif buyurishdi. Tadbir tuman hokimligi, tuman madaniyat bo’limi, oila va mahallani qo’llab-quvvatlash bo’limi va tuman ma’naviyat-ma’rifat bo’linmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirga 300 nafardan ortiq tumanning eng faol ayollari tashrif buyurdi.

2024-yilning 19-mart kuni Zarbdor tuman IV sektor Tinchlik MFY hududidagi tuman markaziy sport o’yingohida Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan “Assalom, Navro’z-yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” mavzusida bayram sayli bo’lib o’tdi. Tadbir davomida tumandagi barcha mahallalar tomonidan milliy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlar ko’rgazmasi, milliy xalq o’yinlari musobaqasi va shu bilan birga milliy liboslar bilan hududga hos bo’lgan o’lan, lapar, folklor chiqishlari bo’lib o’tdi.

Tadbirning badiiy qismi tuman madaniyat bo’limining estrada xonandalari, raqqosalari hamda badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar bilan davom etdi. Mehmon san’atkorlar sifatida poytaxtimizdan “Via Marokand” guruhi va viloyatimizdan “Nihol” mukofoti sovrindori Z.Mamarasulzoda va iste’dodli san’atkor D.Erkinovlar tashrif buyurdi. Tadbirga 3000 nafardan ortiq tuman aholi vakillari tashrif buyurdi.

2024 yil 28 may kuni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Yangi O’zbekistonda Madaniyat markazlari faoliyatini yangi boshqichga ko’tarish” mavzusida uslubiy-amaliy Respublika seminari bo’lib o’tdi. Seminarga Jizzax viloyati Zarbdor tumani madaniyat bo’limi mezbonlik qildi. Seminarga Madaniyat vazirligi mas’ul xodimlari, Respublikadagi barcha madaniyat boshqarmalari vakillari, viloyatdagi barcha shahar, tuman madaniyat bo’lim mudirlari, markaz rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida yig’ilganlar, Zarbdor tumani madaniyat bo’limi faoliyati, huquqiy-normativ hujjatlar bilan ishlash, to’garaklar faoliyati, badiiy jamoalar faolioyati bilan yaqindan tanishdilar. Tajriba almashuvi maqsadida ma’ruzalar va savol-javoblar bo’lib, bu asosida qizg’in munozaralar, bahslar, takliflar, ularning yechimlari hususida suhbatlar bo’lib o’tdi. Seminarni Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i K.J.Faxradov rasman ochib berdi. Seminar so’ngida Zarbdor tumani madaniyat markazi qoshida faoliyat ko’rsatayotgan Badiiy havaskorlik jamoalari, Estrada honandalari va to’garak a’zolari tomonida tayyorlangan konsert dasturi seminar qatnashchilari e’tiboriga havola etildi. Tadbirda 400 ga yaqin tizim vakillari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida mahalliy jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар