Rahbar va fuqarolar, yoshlar uchrashuvi
Zarbdor tuman hokimi Zafar Ruziyev, sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Zarbdor tumani Navro'z MFYda "Fuqarolar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida fuqaro va yoshlarning bugungi kundagi muammo hamda murojaatlari tinglandi, unda tabiiy gazga ulanish uchun hisob raqami ochish, sog'lig'ini tiklash uchun moddiy yordam, ishga joylashish kabi murojaatlar tinglandi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo'lsa, ba'zi murojaatlar vaqt va mablag' talab etilgani sababli ijrosi sektor rahbarlari hamda mutasaddilar tomonidan nazoratga olindi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)