Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Jizzax viloyati prokurori tomonidan Zarbdor tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax viloyati prokurori tomonidan Zarbdor tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

16 сентябрь 2024 йил
39
0

Otaliqqa olingan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mavjud muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal qilish maqsadida Jizzax viloyati prokurori tomonidan Zarbdor tumanida otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvda 60 nafar yoshlar ishtirok etib, ularning bandligini ta’minlash masalalari, shuningdek, muammolariga yechim topishda amaliy ko‘maklashish choralari ko‘rildi.

Xususan, uchrashuvda kelib tushgan 9 ta murojaatdan ta’lim olishi uchun shartnoma to‘lovlarini to‘lash va ta’lim krediti ajratish, til o‘rganish, uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq 5 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар