Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi Zarbdordagi maktab va madaniyat saroyi faoliyati bilan tanishdi

O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi Zarbdordagi maktab va madaniyat saroyi faoliyati bilan tanishdi

26 сентябрь 2024 йил
23
0

O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi Sobirjon Murodov, O'zbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari o'rinbosari Muso Anorboyev, tuman sektor rahbarlari datlab Zarbdor tumanidagi 2-sonli Zaif eshituvchilar maktab internati faoliyati bilan tanishdi. O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi maktabda ijro intizomi, ta'lim-tarbiya jarayoni, to‘garaklar faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Dars mashg'ulotlari davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqdi. O‘rganish davomida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi. 


O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi Sobirjon Murodov, O'zbekiston mahallalari uyushmasi Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari o'rinbosari Muso Anorboyev, tuman sektor rahbarlari Zarbdor tumanidagi "Oltin vodiy" madaniyat saroyi faoliyati bilan tanishdi. O'zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari maslahatchisi madaniyat saroyida aholining madaniy hordiq olishlari, san'at va madaniyat xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 

Bundan tashqari Navro'z MFY xodimlari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan ish faoliyatidagi qulayliklardan oqilona foydalanishi va aholini rozi qilish borasida muhim tushunchalar berib o‘tildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар