Zarbdor tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va bu borada xonadon egalarining ko'nikmalarini oshirish yuzasidan targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugun tuman hokimi Zafar Ruziyev, sektor rahbarlari va O'zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo'limi rahbari tumanning 2-sektoriga qarashli Taraqqiyot MFYda aholi tomorqalarini ko'zdan kechirib, ularning yerlardan qay yo'sinda foydalanayotganliklari bilan tanishdi.
Tuman rahbari aholi tomorqalarini ko'zdan kechirar ekan, xonadon egalari bilan suhbatlashib har qarich yerdan unumli foydalanish zarurligi xususida ko'rsatma va tavsiyalar berdi. Shuningdek, tomorqa nafaqat daromad manbai, balki oila a'zolarining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
12 март 2024, Вторник
Zarbdor tumani hokimi Z.Ruziyev va tuman prokurori R.Masharipov yoshlar bilan uchrashdi.
03 февраль 2023, Пятница
Zarbdor tumani hokimi Ravot MFYda aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Изоҳлар (0)