ZARBDOR TUMAN HOKIMI IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
Zarbdor tumanidagi mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish borasidagi ishlar olib borilmoqda. Bu borada sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish olib borishmoqda.
Tumandagi “Nurobod” mahallasida tuman hokimi Zafar Ruziyev, Nuroniylar kengashi raisi A.Azimov, “mahalla yettiligi” va mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, mahalladagi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini xonadonma-xonadon yurish orqali o‘rganmoqdalar. O‘rganish davomida har bir oila a’zolari bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlari yuzasidan takliflari tinglanmoqda.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)