O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan
"Mahallada ijtimoiy xizmat” loyihasini amalga oshirish yuzasidan
“MAHALLALARDA IJTIMOIY XIZMATLARNI KO‘RSATISH VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARGA YORDAM BERISH TIZIMINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH HAMDA XOTIN-QIZLARNI KASBGA O‘RGATISH ISHLARINI YANADA JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘GʻRISIDA” PQ-300-sonli qarori qabul qilindi.
Mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga «oilabay» yondashuv tizimini joriy etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, bunga javobgar bo‘lgan vazirlik va idoralarning mas’uliyatini kuchaytirish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish tizimini yanada jadallashtirish maqsadida, mahallalarda kompleks yondashuv tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni joriy qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida quyidagi vazifalar yuklatilgan:
oilalardagi ijtimoiy muammolarni hal etishda kompleks yondashuv tizimini yo‘lga qo‘yish;
oilalardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash uchun xotin-qizlar faoli bilan hamkorlik qilish;
oilalarni iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish va mehnat orqali barqaror daromad manbai bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish hamda tibbiy yordamga muhtoj oilalarga o‘z vaqtida sifatli tibbiy ko‘mak ko‘rsatilishini tashkillashtirish;
yuridik ko‘mak ko‘rsatish va huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish.
Shunigdek, qaror bilan, Mahallalarda xotin-qizlar faollari orqali «Mahallada ijtimoiy xizmat» modulini joriy etishning quyidagi uch bosqichini nazarda tutuvchi tartib belgilangan:
birinchi bosqichda — «Mahallada ijtimoiy xizmat» moduli doirasida mahallalarda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj bo‘lgan oilalarning ehtiyojmandlik darajasi avtomatlashtirilgan tarzda ob’yektiv qaror qabul qilish orqali baholanadi.
Bunda, oilalarning ma’lum bir turdagi davlat ijtimoiy xizmatiga bo‘lgan ehtiyoji fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlar talab etmagan holda so‘rovnoma tarzda baholash mezonlariga muvofiq aniqlanadi;
ikkinchi bosqichda — «Mahallada ijtimoiy xizmat» modulida har bir ijtimoiy xizmatga muhtoj bo‘lgan oilalar uchun individual ijtimoiy rejalar tuziladi.
Bunda, individual ijtimoiy rejalar oilalarga kompleks yoki ma’lum bir turdagi ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishiga qarab tuziladi;
uchinchi bosqichda — individual ijtimoiy rejalarga muvofiq oilalarga ijtimoiy xizmatlarning ko‘rsatilishi jarayoni «Mahallada ijtimoiy xizmat» moduli orqali monitoring qilinadi.
Xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya guruhlari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan savolnoma asosida mahallalarda o‘rganish olib borildi.
Nilufar Allamuratova
Zarbdor tuman
Yoshlar siyosati va xotin-qizlar gender tenglik
masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi