Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Sayhunobod va Uychi tajribasi” asosida tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 24 ta mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Biznes rejalar” ijrosi yuzasidan.

“Sayhunobod va Uychi tajribasi” asosida tumanda amalga oshirilgan ishlar hamda 24 ta mahallalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Biznes rejalar” ijrosi yuzasidan.

22 октябрь 2024 йил
22
0

2024 yilda 9 oyida Sayxunobod tajribasi keng targ‘ib qilish asosida 31,8 mlrd so‘mlik 751 ta mikroloyixalar ishga tushurildi, shundan sanoatda 6,6 mlrd  so‘mlik 174 ta, xizmat ko‘rsatishda 13,9 mlrd so‘mlik 274 ta va qishloq xo‘jaligida 11,2 mlrd so‘mlik 303 ta, natijada 1416 ta yangi ish o‘rinlari barpo etildi.

«Daromad keltiruvchi milliy loyihalar paketi» asosan 2024 yil 1 oktyabr xolatiga tanlab olingan 1676 ta xonadonlarga 250 ta asalari qutilari, 220 ta ixcham issiqxonalar, 282,5 ming bosh tovuqlar, 125,7 ming dona ko‘chatlar, 3,6 ming bosh bedanalar, 1515 bosh chorva va 25 dona motokultivatorlar yetkazib berilb, tijorat banklari tomonidan 42,9 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilgan. Natijada, loyihalar paketi yetkazilgan har bir xonadon 50-60 mln so‘mdan daromad olib, aholining 3123 ta ishsiz fuqarolari doimiy  bandligi ta’minlandi. 

Toshkesgan va Yoshlik mahallalarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 20 gektar yer maydonda eksportbob, yuqori daromadli (brokkoli) ekinlarni ekish orqali 65 ta fuqarolarning daromadlari oshdi.

Uychi tajribasi asosida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlar bilan 36 ta uchrashuvlar o‘tkazildi. Natija mijozlari  tomonidan  3192 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari 10 oy davomida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida 2130 nafar fuqarolarga
25,1 mlrd.so‘m.

-Biznesga birinchi qadam dasturlari doirasida 1249 nafar fuqarolarga 12,9 mlrd.so‘m.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-306 va PQ-312-sonli qarorlari bo‘yicha jami 214 ta tadbirkorlik subektlarga 19,8 mlrd.so‘m  642 ta ish o‘rni.

 Tuman bo‘yicha jami 57,8 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratilib
4021 ta ish o‘rinlari tashkil etildi.

 

Qilichbek Baxtiyorovich Nurmatov

Zarbdor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va

kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha

birinchi o‘rinbosari-tuman Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Soliqlarni to‘lash-fuqarolik burchimizdir.
15 октябрь 2024, Вторник
Soliqlarni to‘lash-fuqarolik burchimizdir.
OCHIQ MULOQOT
11 июль 2024, Четверг
OCHIQ MULOQOT
To‘lanmagan soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda
15 март 2024, Пятница
To‘lanmagan soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda
To‘lanmagan Soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda.
15 ноябрь 2023, Среда
To‘lanmagan Soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda.
To‘lanmagan Soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda.
24 июнь 2023, Суббота
To‘lanmagan Soliqlar evaziga mulklar xatlanmoqda.
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар