Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA

“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA

09 октябрь 2024 йил
17
0

Zarbdor tumanida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning muammolari ijobiy yechim topmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha Jizzax viloyati hokim o'rinbosar Oybek Ashurmatovga biriktirilgan tumanning 3-sektor hududidagi “Yangikent” mahallasida yashovchi 5 ta oila vakillari xonadonlariga borib, ularning turmush sharoitlari bilan tanishib, muammo va ehtiyojlari hal etildi.

 Avval xabar berganimizdek, o‘rganishlar jarayonida fuqarolarga ularning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oilaviy daromadini oshirish va boshqa turdagi yordamlar orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilgan edi. Hozirgi kunda ularning imkoniyatidan kelib chiqib, dehqonchilik qilish uchun yer ajratilib, ishga joylashtirildi. Bundan tashqari uy-joylarini ta'mirlash ishlari ham olib borilmoqda. 

Shu bilan birga biriktirilgan oilalarni oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash bo‘yicha ular bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар