Zarbdor tajribasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8-9-aprel kunlari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga ko‘ra joriy yilning 1-10-iyun kunlari Jizzax viloyati delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi. Mazkur tashrif davomida Zarbdor tumani hokimi va Shinjon provinsisi tadbirkorlari o‘rtasida muloqot o‘tkazilib bir qator investisiyaviy kelishuvlarga erilishdi.
Mazkur tashrif natijasi o‘laroq joriy yilning 16-oktyabr kuni Xitoyning "Xinjiang New Vision Investment Development Co., Ltd." kompanyasi rahbari WangZhi Yong boshchiligidagi bir guruh tadbirkorlar Zarbdor tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Investorlar tumandagi 105 gektar yer maydonida qiymati 122,0 mln dollarlik 11 ta investisiya loyihalarini amalga oshirishning dastlabki istiqbollari muhokama qilindi. Loyihalarni amalga oshirish natijasida hududda 3540 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilish imkoniyati yaratiladi.