Jamoatchilik nazorati haftaligi
Zarbdor tumanidagi "Ravot" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli farmoni va PQ-402-sonli qaroriga asosan “Jamoatchilik nazorati haftaligi” doirasida Zarbdor tumani elektr ta’minoti bo‘limi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Hisobot davomida ushbu mahallada amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalar bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berish bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘laqonli javob berildi. Mahallada elektr ta’minotini yanada yaxshilash va tungi chiroqlar o‘rnatish yuzasidan takliflar ham tinglandi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)