Zarbdor tumanida "Keksalar haftaligi" jarayoni
Zarbdor tumanida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Nuroniylar jamg'armasi, Madaniyat bo'limi va tibbiyot birlashmasi hamkorligida 20-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-410-sonli qarori Yo'l xaritasi 12 va 19 bandlari ijrosi yuzasidan "Keksalar haftaligi” doirasida Nuroniylar maskanida Madaniyat bo'limi xodimlari ishtirokida jonli konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir davomida "Sog'lik - tuman boylik" shiori ostida onaxon va otaxonlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi
Tadbir davomida otaxon va onaxonlar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi hamda ularga shifokorlar tomonidan kerakli ko'rsatmalar berildi. Tadbirda 35 nafar tumanimizdagi keksalar hamda yolg'iz yashovchi keksa va nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etishdi. Madaniyat bo'limi tomonidan jonli konsert dasturi namoyish etildi.