“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani qanday olsa boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-sonli “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi vositasida amalga oshirilishi belgilangan.
Bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalariga moddiy yordam tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”i asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur Nizomning 8-bandiga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar (shaxslar) qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotnomalarni taqdim etmasdan, qonun hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir.
Bunda qonun hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila (shaxs)ga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ushbu Nizomninu 1-ilovasiga muvofiq shaklda maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Ushbu maʼlumotnoma “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlab oʻn ikki oy davomida amal qiladi.
Agar bitta oila soʻnggi 12 oy davomida ketma-ket “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bir necha marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa, bunda maʼlumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oydan boshlanadi.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma sxemaga muvofiq taqdim etiladi.
BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA
JAMGʻARMASI ZARBDOR TUMANI BOʻLIMI.