Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

«O‘zbekiston — 2030» strategiyasi

28 ноябрь 2023 йил
216
0

Prezident «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqladi. Uning maqsadlari qatoriga barcha fuqarolarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish, sog‘lom va bilimli avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish hamda adolat, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni kafolatlash kiradi. 

Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabrdagi farmoni bilan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqladi. Hujjatda aytilishicha, u «Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish jarayonida to‘plangan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida» ishlab chiqilgan. 

Farmonda «yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitda asosiy yo‘nalishlarni takomillashtirish va mamlakat taraqqiyoti va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi» qayd etilgan.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

  • har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
  • suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Farmonda qayd etilgan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar o‘z ifodasini topgan:

  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qo‘shilish;
  • xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
  • aholi uchun qulay ekologik sharoitlaryaratish;
  • xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish;
  • mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlita’minlash.

Strategiya beshta ustuvor yo‘nalishni qamrab oladi:

  • har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishuchun munosib sharoitlar yaratish;
  • barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
  • suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • qonun ustuvorliginita’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • «xavfsiz va tinchliksevar davlat»tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish mamlakatdagi barcha davlat organlari va tashkilotlari uchun ustuvor vazifa deb e’lon qilindi.

«O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qildi. Komissiya har olti oyda prezidentga hujjat ijrosi haqida hisobot berib boradi.

Vazirlar Mahkamasi har chorakda strategiyani amalga oshirishning borishini muhokama qilib, «chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarmagani» uchun hukumat a’zolariga, shu jumladan, vazirlarga nisbatan chora ko‘radi. Bundan tashqari, har olti oyda bir marta hukumat Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga strategiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot beradi.

Mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha besh yilga mo‘ljallangan (2017−2021-yillar) birinchi Harakatlar strategiyasi  2017-yilda qabul qilingandi. Prezident 2022-yil boshida Yangi O‘zbekistonni 2026-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi. Farmonda yangi strategiya doirasida «o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan barcha maqsadlarga erishish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilab berilgan, amalga oshirish davom etayotgan dolzarb vazifalarning amalga oshirilishi ta’minlanishi» belgilab berilgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Zarbdor tuman sudining raisi Sh.X.Mirzaaxmedov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар