Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pullari moliyalashtirish tartibi

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam pullari moliyalashtirish tartibi

14 июль 2022 йил
395
0

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tuman (shahar) budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida xarajatlarning tegishli iqtisodiy tasniflagichi bo‘yicha aks ettirgan holda to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamning har bir turi bo‘yicha AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali)da alohida bank hisobvaraqlari ochiladi.

AT “Xalq banki”ning bo‘limi (filiali) har oyning oxirgi kuniga qadar joriy oy uchun, shuningdek, yil boshidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar budjetga qaytarilishi haqida elektron ma’lumotlarni bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar bo‘yicha “Yagona reyestr” ATga belgilangan tartibda taqdim etadi.

Tuman (shahar) moliya bo‘limi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi uchun mablag‘larni Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari bo‘yicha tayinlangan summalar doirasida mahalliy budjet daromadi tushumidan kelib chiqib, biroq budjetda nazarda tutilganidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lashga oyning 4-sanasidan boshlab, biroq to‘lov amalga oshiriladigan oyning 25-sanasidan kechikmay AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvarag‘iga alohida to‘lov topshiriqnomalari bilan o‘tkazadi.

Mablag‘lar Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi bo‘yicha AT “Xalq banki” bo‘limlari (filiallari) ko‘rsatadigan xizmatlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida haq to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdori bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ajratiladigan mablag‘lar doirasida AT “Xalq banki” tomonidan taqdim etiladigan asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari tumanlar (shaharlar) o‘rtasida har bir tuman (shahar) hududida yashaydigan kam ta’minlangan oilalar soni hamda tuman(shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, ushbu oilalarning tarkibi va oldingi davrlar uchun ajratilgan mablag‘lar o‘zlashtirilishi (foydalanilishi) darajasi hisobga olingan holda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Joriy oy mobaynida oluvchilar tomonidan talab qilinmagan va AT “Xalq banki”ning bo‘limlari (filiallari)ning maxsus hisobvaraqlaridagi mablag‘lar ushbu Nizomning 36-bandiga muvofiq kelgusida to‘lash uchun tegishli mahalliy budjet hisobiga qaytarilishi kerak.

BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI ZARBDOR TUMAN BO’LIMI.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар