Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumiga joriy yilning 15 iyulidan start berildi.

“Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumiga joriy yilning 15 iyulidan start berildi.

15 июль 2022 йил
496
0

Hurmatli Zarbdor tumani fuqarolari, Sizni qiynab kelayotgan, yechimi mablag‘ bilan bog‘liq muammolar mavjudmi?

Endi ushbu muammolarni hal etish uchun budjet mablag‘lari Sizning tashabbusingiz asosida yo‘naltiriladi.

Zarbdor tuman hokimligi moliya bo‘limi tomonidan olib borilayotgan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2 mavsumiga joriy yilning 15 iyulidan start berildi.

Jarayonda ishtirok etgan holda o‘z taklifingizni bildirishingiz yoki Sizning ehtiyojlaringizni aks ettirgan boshqa takliflarga ovoz berishingiz mumkin.

Onlayn ishtirok etish bevosita Moliya vazirligining openbudget.uz “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi.

Portal orqali Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Siz ism-sharifingiz, tug‘ilgan yilingiz, yashash hududingiz va shu kabi boshqa ma’lumotlarni kiritishingiz va eng asosiysi o‘zingiz doimiy ishlatadigan telefon raqamingizni ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi.

Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklifingizni qoldirishingiz mumkin:

-Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;

-Yoritish tizimini yaxshilash;

-Ichki yo‘llarni ta’mirlash, shag‘allashtirish yoki asfalt yotqizish;

-Ijtimoiy soha obyektlarini ta’mirlash, jixozlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish;

-Jamoatchilik ixtiyoridagi obyektlarni ta’mirlash yoki jixozlash.

Taklif qoldirish jarayoni juda ham sodda bo‘lib, Siz o‘z shaxsiy kabinetingiz orqali qo‘shish tugmasini bossangiz va ochilgan sahifaga o‘z taklifingiz haqida ma’lumotlarni kiritsangiz bas.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki bildirilgan takliflarning umumiy qiymati 1,2 mlrd.so‘mdan oshmasligi, taklifda yagona ijtimoiy muammo aks ettirilishi hamda taklifning manzili aniq ko‘rsatilishi lozim.

Taklif qoldirish va ovoz berish yakuniga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar g‘olib deb topiladi hamda taklifni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratilishi yuzasidan qaror qabul qilinib, amaliy ishlar boshlanadi.

Tashabbus ko‘rsating va “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol ishtirok eting!!!

Muammolarni hal etish endi o‘z qo‘lingizda.

Zarbdor tuman hokimligi moliya bo'limi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 

Tel: 93-855-22-33

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар