Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95

Suv va suvdan oqilono foydalanish

29 ноябрь 2022 йил
426
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomga asosan suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalari bo‘yicha ularning suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga tayyorligiga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, mazkur tartibini buzgan holda suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotganlar kuzatilmoqda. 

 “O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida, Zarbdor tuman “Taraqqiyot” MFYda yashovchi fuqaro S.M tomonidan “Suv isteʼmolchilar uyushmasi” hisobidagi ichki sug‘orish tarmog‘idan shaxsiy yer tomorqasini sug‘orish maqsadida ruxsatsiz suv ochib o’zboshimchalik bilan foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holat, “O‘zagroinspeksiya”ning Zarbdor tuman bo‘limi xodimlari va xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzar S.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, kelgusida ham shu kabi holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida Inspeksiyaning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan hududdagi fuqarolar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya qilish va suv xo‘jaligi borasida amaldagi qonunchilik talablari keng muhokama qilinib, tushunchalar hamda tavsiyalar berildi. Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Begzod Qurolov

“O‘zagroinspeksiya”ning 

Zarbdor tuman bo‘limi inspektori

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар