Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan o’quv seminari tashkil etildi

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan o’quv seminari tashkil etildi

12 май 2022 йил
615
0

Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2022-yil 10-may kuni Zarbdor tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 9-IDUM maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Ushbu targ‘ibot jarayonida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-173-son “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining ushbu qaror asosida ishlab chiqilgan 2022-yil 31-martdagi 50-um-son buyrug‘ining mazmuni, “E-xuquqshunos” elektron dasturi ishlar tartiblari, “Unicon-soft” MCHJ bilan shartnoma tuzish tartibi yuzasidan huquqiy tushunchlar berildi.

Jumladan, mehnat qonunchiligi normalarini tushuntirish bilan birga, majburiy mehnat uchun javobgarlik, hodimning huquqlari va majburiyatlari, ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekorqilish tartibi, ish vaqti va dam olish vaqti, ta’tillar, mehnatga haq to‘lash, qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar, mehnat nizolari va ularni hal etish tartibi to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, targ‘ibot tadbirlari, seminarlar markaz xodimlari tomonidan har kuni Telegram messenjeri hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi guruhlariga joylandi.

 Zarbdor tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар