Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan, Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga asosan, Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.

26 декабрь 2022 йил
408
0

Bunda, Davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. 

Hurmatli fuqarolar!!!

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, Siz tomoningizdan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish lozim boʻladi. Maʼlumotlaringizni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda tekshirishingiz mumkin.

Agar sizning maʼlumotlaringiz toʻliq yoki qisman raqamlashtirilmagan boʻlsa, mazkur maʼlumotlaringizni raqamlashtirishingiz maqsadga muvofiq!

Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirayotgan boʻlsangiz, unda ish joyingizdagi kadrlar boʻlimiga murojaat qilishingiz va mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlaringizni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda toʻgʻri kiritilganligi boʻyicha tekshirib chiqishingiz soʻraladi.

Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirmayotgan boʻlsangiz, unda istalgan Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilishingiz hamda mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz. (Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.)

Eslatib oʻtamiz, pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bogʻliqdir. Qoʻshimcha savollar boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Zarbdor tuman bo‘limi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар