Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda

Ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda

09 февраль 2023 йил
453
0

Mehnat vazirligi tomonidan 15.04.1999 yilda 684/04-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinib, ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirilganda xodimlarga moddiy madad berish tartibi haqidagi tushuntirishga (ro‘yxat raqami 720, 10.05.1999 y.) o‘zgartirishlar kiritildi (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 1.04.2021 yilda 720-1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyrug‘i). 

Xususan, hujjatda keltirilgan misol (ettinchi va sakkizinchi xatboshilar) quyidagi tahrirda bayon etildi:

 «Mehnat shartnomasi 1 martdan bekor qilinishi haqidagi bildiruv xati bilan xodim 1 fevralda yozma tarzda ogohlantirildi. Lekin, xodim bilan ish beruvchining kelishuvi asosida ushbu ogohlantirish muddati pullik kompensatsiyaga almashtirildi va xodim bilan mehnat shartnomasi 1 fevraldan bekor qilindi.

Xodimga ogohlantirish muddatiga mutanosib ravishda (fevral, mart oylari uchun) pullik kompensatsiya va bir oylik (fevral uchun) ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘landi. Agarda xodim, ishga joylashmaganligini mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlasa (elektron mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish my.mehnat.uz elektron manzili bo‘yicha elektron mehnat daftarchasining noyob raqamini kiritish yoki mobil telefon yordamida QR-kodni skaner qilish orqali amalga oshiriladi), Mehnat kodeksining 67-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan ikkinchi oy (fevral) uchun o‘rtacha oylik ish haqini mart oyida olish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu xodim, mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng 30 (ilgari – 10) kalendar kun ichida, ya’ni 1 fevraldan 28 fevralgacha bo‘lgan muddatda mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va aprel oyida bu to‘g‘risida mehnat organining ma’lumotnomasini taqdim qilsa, unga uchinchi oy (mart) uchun ham ilgarigi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadi».

 

Zarbdor tumani yuridik markaz bosh yuristkonsulti A.R.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар