Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.

Zarbdor tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi.

01 март 2023 йил
284
0

Bugun bahorning birinchi kuni. 

Intiqib kutilgan faslning bu kunida minglab isteʼdodli yoshlarning ustozi, hassos shoira, Oʻzbekiston adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan, nafaqat sheʼrlari bilan balki ibratli hayoti bilan oʻzbek ayollari uchun vafo va sadoqat timsoliga aylangan Zulfiyaxonim tavalludiga 108 yil toʻldi.

Baxt va bahor timsoli, haqiqiy ayol siymosini nafaqat ijodi, bali, hayotida ham aks ettira olgan Zulfiya Isroilova tavalludi har yili ijod va go'zallik bayramiga ulanib ketadi.

Zarbdor tumanidagi barcha umumta'lim maktablarida Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tdi. Tadbirlarda Zulfiyaxonim ijodidan o'qilgan betakror misralar tadbir qatnashchilari qalbiga ko'klam haroratini, bahor tarovatini olib kirdi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар