Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Zarbdor tumani hokimi Ravot MFYda aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Zarbdor tumani hokimi Ravot MFYda aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

03 февраль 2023 йил
252
0

Bugun Zarbdor tumani hokimi Zafar Ruziyev tumanning 1-sektoriga qarashli Ravot MFYda aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla mas’ullari, aholi, xususan, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi mahalla ahli bilan suhbatlashib, joriy yilda hududda aholi turmush farovonligini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarga, xususan, oilaviy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ko‘makka muhtoj oilalarni rejali qo‘llab-quvvatlash, mahallalar infratuzilmalarini yaxshilash kabi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Muloqot davomida tuman hokimi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir yangi imtiyozlar, umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga kasb o‘rgatish amaliyotini joriy etish, shuningdek, bandlikni ta’minlash maqsadida ijara shartnomasiasosida aholiga yer ajratish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning afzalliklari hamda shu kabi yangiliklar yuzasidan aholi va yoshlarga tushuntirishlar berdi. 

Muloqot davomida aholi va yoshlarning murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар