15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" sifatida e'lon qilingan.
Ayol-jamiyat gultoji. U ulkan bunyokorliklar, mislsiz go'zalliklar andozasidir. Ayniqsa, qishloq muhitida istiqomat qiladigan, qirqta joni mehnatda bo'lgan, shunday bo'lsada hamisha ayollik nafosati, latofati aks etgan qishloq ayollari haqida soatlab ijobiy ta'riflarni keltirish mumkin.
Xabaringiz bor, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to'g'risidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari kuni" sifatida e'lon qilingan.
Zarbdor tumani Bo‘ston sport majmuasida sana munosabati bilan Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Navro‘z va Shodlik MFYlar hamkorligida tadbir tashkil etildi. Tadbir ayolga, xususan, qishloq ayoliga ehtirom va e'tiborning yorqin namunasi sifatida barchaga a'lo kayfiyat ulashdi.
Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati