Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA'LIM YILI”DA NIMALAR BELGILANGAN

“INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA'LIM YILI”DA NIMALAR BELGILANGAN

06 март 2023 йил
649
0

 Ta'lim sifatini oshirish, sohani ilg'or xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida:

  • 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy o'rta ta'lim muassasasida o'quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o'rgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yo'lga qo'yiladi;
  • 2023/2024-o'quv yilidan boshlab quyidagilar amaliyotga kiritiladi:

– umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1-4-sinflarida o'quvchilarni ilg'or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo'yicha o'qitish;

– 5-9-sinflarda o'quvchilarga umumta'lim fanlaridan tayanch bilimlar berish;

– 10-11-sinf o'quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo'lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish.

 

2023/2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlang'ich sinf o'quvchilari bepul ovqat bilan ta'minlanadi.

 

2023/2024-o'quv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta'lim shakli bo'yicha ham ajratiladi.

 

2023-yil 1-apreldan boshlab:

  • professional ta'lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o'rta ta'lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;
  • professional ta'lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lgan, malaka toifasiga ega bo'lmagan oliy ma'lumotli hamda oliy ma'lumotga ega bo'lmagan ishlab chiqarish ta'limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o'rta ta'lim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o'qituvchisi, oliy ma'lumotli o'qituvchisi hamda o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

 

Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар