To‘lanmagan 110 million kredit qarzi undirildi.
Ma’lumki, bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng tez suraatlarda rivojlanayotgan tizimlardan biridir. Biroq, banklar tomonidan tadbirkorga ma’lum sohalarni rivojlantirish maqsadida ajratilgan imtiyozli kreditlarni ishonchni suiste’mol qilib, boshqa maqsadlarda sarflab yubormoqda.
Bugungi kunda Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan banklar foydasi kredit qarzi undiruvlar bilan bog‘liq ijro ishlari alohida nazoratga olingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga yuzaga kelgan qarzdorliklarini doimiy ravishda to‘lab borish, aks xolda qonunchilikda nazarda tutilgan ta’sir choralari ko‘rilishi mumkinligi yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi.
Hozirda aksariyat yuridik shaxslar tomonidan kredit qarzdorliklari o‘z vaqtida to‘lab borilishi ta’minlanayotgan bo‘lsada, o‘z majburiyatini bajarmayotgan shaxslar ham topilmoqda.
Jumladan, Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “STS” xususiy korxonasi hisobidan «Mikrokreditbank» Zarbdor filiali foydasiga kredit qarzi undirish yuzasidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida korxonadan qariyib 110 million so‘m kredit qarzi 5 million ijro yig‘imi undirildi.
MIB Zarbdor tuman bo‘limi