Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » 2022-yil davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili

2022-yil davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar tahlili

17 январь 2023 йил
266
0

Zarbdor tuman aholisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar orqali ko'tarilgan masalalar umumlashtirilib tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

2022-yil davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari hamda tuman sektor rahbarlarining sayyor qabullari orqali tuman aholisi tomonidan jami 5539 ta (2021-yilda 6157 ta, 618 taga kamaygan) murojaat kelib tushgan, shundan 4261 tasi (3938 ta) tuman (shahar) darajasidagi, 873 tasi (1572 ta) viloyat darajasidagi, 405 tasi (647 ta) respublika darajasidagi  tashkilotlar tomonidan ko'rib chiqilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 5529 tasi (6157 ta) ko'rib chiqilgan bo'lib, shundan 3922 tasi (3879 ta) yoki 71,1 % (63 %) ijobiy hal qilingan, 1110 tasi (1229 ta) huquqiy ma'lumot berish orqali hal qilingan, 104 tasi (7 ta) asosli deb topilib, uzoq muddatli nazoratga olingan, 342 tasiga esa (303 ta) tushuntirish berilgan. Shu bilan birga, 11 ta (4 ta) murojaat ko'rmasdan qoldirilgan, 20 tasi (179 ta) tugatilgan, 5 tasi (11 ta) ma'lumot uchun qabul qilingan hamda 15 tasi (545 ta) rad etilgan. 10 ta (0) murojaat jarayonda.

2022-yil davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan jami 15 ta murojaatning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni 28-moddasi talablariga rioya qilinmagan holda muddati buzilib yopilgan. (634724/22, 545482/22, 578852/22, 615280/22, 312515/22, 71738-xq/22, 93847-xq/22, 607393/22, 105650-xq/22, 767293/22, 120616-xq/22, 810849/22, 852303/22, 876757/22, 144114-s/22, 954763/22-sonli murojaatlar)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali o'tgan yillar davomida kelib tushgan murojaatlar dinamikasi tahlil qilinganda 2021-yilda har 1000 kishiga 58 ta murojaat to'g'ri kelganligini ko'rishimiz mumkin. 2022-yilda sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan sayyor qabullarning muntazam o'tkazib borilganligi hamda kelib tushgan murojaatlarning o'z vaqtida hal etilganligi natijasida ushbu ko'rsatkich 39 tani tashkil etgan, ya'ni 19 taga kamaygan.

2022-yilda ayrim murojaat turlarining 2021-yilga nisbatan ko'payganligi kuzatilgan. Jumladan, tabiiy gaz iste'moli uchun to'lovlar va qarzdorlik (2021-yilda 20 ta, 2022-yilda 43 ta, 23 taga ko'paygan), muhtojlarga bir martalik moddiy yordam (2021-yilda 61 ta, 2022-yilda 124 ta, 63 taga ko'paygan), turar joyni gaz tarmog'iga ulash (2021-yilda 13 ta, 2022-yilda 27 ta, 14 taga ko'paygan), elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar (2021-yilda 50 ta, 2022-yilda 98 ta, 48 taga ko'paygan), maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish (2021-yilda 13 ta, 2022-yilda 16 ta, 3 taga ko'paygan), tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar (2021-yilda 65 ta, 2022-yilda 70 ta, 5 taga ko'paygan).

Shu bilan birga, 2022-yilda ayrim murojaat turlarining 2021-yilga nisbatan kamayganligini ta'kidlash lozim bo'ladi. Jumladan, bolalar nafaqasi (2021-yilda 561 ta, 2022-yilda 291 ta, 270 taga kamaygan), ichimlik suvi ta'minotidagi muammolar (2021-yilda 103 ta, 2022-yilda 79 ta, 24 taga kamaygan), elektr tarmoqlari ob'ektlarini qurish, ta'mirlash (2021-yilda 60 ta, 2022-yilda 51 ta, 9 taga kamaygan), ichki yo'llarni qurish, ta'mirlash, shag'allashtirish, asfaltlash (2021-yilda 117 ta, 2022-yilda 76 ta, 41 taga kamaygan).

 

Baxtiyor ARALOV,

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining

Zarbdor tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар