Zarbdor tumani 3-sektor hududidagi "Adirobod" mahallasida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlab targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 1-aprel kuni Zarbdor tumani "Adirobod" mahallasida Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasiga bag‘ishlab targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu targ‘ibot tadbiri davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, sohaga doir muhim jihatlar xususida ma’lumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tomonidan esa sho‘x kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)