Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan 1 mlrd. 304 mln. so‘m undirildi.
Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish hamda odil fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida keng ko‘lamda islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlaring muhim yo‘nalishlaridan biri fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatni ta’minlovchi huquqiy kafolatlar tizimini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining har qanday manfaatlardan, hatto davlat manfaatidan ham ustunligini shakllantirmasdan ustuvor maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarish mumkin emas.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida qonunning maqsadi ham sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni o‘zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi(Qonunning 1-moddasi). Ishi yuritishda undiruvchi va qarzdor ijro taraflar hisoblanadi (Qonunning 9-moddasi).
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi. Undiruvchi odatda Davlat, yuridik shaxs yoki jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Majburiy ijro byurosini undiruvchi turidan qatiiy nazar Qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlarini olib boradi.
Jumladan, Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning undirilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari, tiklanishi lozim bo‘lgan huquqlari yuzasidan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil boshidan jami 176 ta 1 mlrd. 304 mln. so‘mlik ijro hujjatlari amalda tamomlanishiga erishildi.
MIB Zarbdor tuman bo‘limi ijrochisi F.Umirov