«Inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish– izchil islohotlarning huquqiy asosi»
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha jabhadagi islohotlar qonunchiligimizda ham bir qator o‘zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganligini ko‘rsatib turibdi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan va tezkor suratlarda o‘sishda davom etayotgan iqtisodiyot hamda barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar va komunikasiyalar asrida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, unga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi va zaminini yaratish zaruratini tug‘dirqmoqda.
Mamlakatimzda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi sifatida qator qonunlar qabul qilinib, yana bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritib borilmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 16 dekabda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-810-sonli Qonuni bilan ham bir qancha qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini mustahkamlashga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish orqali ularga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishga, shuningdek ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilgan.
Bugungi kunda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Tumanlararo ma’muriy sudlar faqat viloyat markazlarida joylashganligi, hududlar geografik joylashuvi bo‘yicha bir-biridan uzoqda joylashganligi va ichki ishlar organlari xodimi mazkur ish bilan shug‘ullanishi davomida o‘z xizmat joyini uzoq muddat bo‘sh qoldirayotganligi tufayli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish amaliyotini fuqarolarga qulayliklar yaratish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘tkazish hamda tegishli ishlarni ko‘rib chiqishni ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Qonunda taklif etilayotgan normalar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya markaziga joylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklarning va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi quyidagi mazmundagi XXIII2 bob bilan to‘ldirildi ya’ni muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ish yuritish muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitasiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitasiya markaziga o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni reabilitasiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitasiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. O‘ziga nisbatan reabilitasiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Paxtakor tuman sudining raisi U.Sattarov