Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » “Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023 y.) qabul qilindi.

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023 y.) qabul qilindi.

04 май 2023 йил
285
0

Qarorga ko'ra, 2023 yil 15 apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. 

Bunda:

milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma'lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma'lumotlari mavjud bo'lmagan taqdirda ariza beruvchilar o'zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo'yicha arizalar ariza beruvchilarning YaIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat'i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

2023 yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog'langan holda raqamlashtiriladi.

Zarbdor tumani Adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар