Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Soliq qarzini undirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar

Soliq qarzini undirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar

05 май 2023 йил
337
0

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxsning soliq qarzdorligini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 55-moddasiga asosan hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.

Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikining oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi.

Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning aprel oyida jami ish yurituvdagi ijro xujjatlaridan 737 ta  ijro hujjatlari tamomlanib, 8 mlrd. 622 mln. so‘mlik qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, shundan 22 ta, 1 mlrd. 471 mln. so‘mligi soliq qarzdorliklariga to‘g‘ri keladi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Davlat ijrochisi Sh.Anorboyev

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар