Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Ma'muriy jarimalarni to'lashda aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartish kiritildi.

Ma'muriy jarimalarni to'lashda aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartish kiritildi.

08 май 2023 йил
309
0

Ma'muriy jarimalarni to'lashda aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartish kiritish bo'yicha Qonun (O'RQ–830-son, 18.04.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. 

Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan o'zgartishga ko'ra:
Huquqbuzar unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to'lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to'lashdan ozod qilinadi.
Jarima solish to'g'risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo'llanilmaydi:
Kodeksning 131, 132, 136 va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;
jarima solish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun 2023 yil 1 maydan e'tiboran kuchga kiradi.

Zarbdor tumani Adliya bo‘limi

Yuridik markazi bosh yuriskonsulti

A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар