Kommunal qarzdorliklar majburiy undirilmoqda.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish hamda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib bormoqda.
Ma’lumki, bugungi Energetika tuzilmalarining o‘nlab yillar oldin qurilgan va o‘nlab yillar ta’mirlanmagan infratuzilma eskirib ketgan, buning barini epaqaga keltirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarni amalga oshirish, quyosh panellari ishlab chiqarishni moliyalashtirish, gidroelektr stansiya qurilishini uchun esa o‘ziga yarasha mablag‘ kerak.
Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelinadi, ya’ni to‘lov intizomi olti yillar oldingiga nisbatan tubdan o‘zgarganligini e’tirof etish lozim. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham talaygina.
Byuroning Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan ijro hujjatlariga asosan joriy yilning 8 fevral kunidan Energiya resurslaridan qarzdorligi uchun 318 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 5 mlrd. 357 mln. so‘m amalda undirildi. Shuningdek, 3 ta ijro ishi bo‘yicha 2 mln. so‘m qarzdorlik qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan bo‘lsa, 4 ta 77 mln. so‘mlik mulklar xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarildi.
Ushbu undirilgan pullar kelgusida mamlakatimiz energetika tuzilmalarini modernizasiya qilinishida xizmat qiladi.
Davlat ijrochisi U.Xolmatov