PEDAGOGLAR UCHUN MEHNAT TA’TILI DAVOMIYLIGI ME’YORLARI TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining 26.06.2023-yildagi “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 263-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, sport, professional ta’lim muassasalari hamda oliygohlarning pedagog xodimlari uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari belgilanmoqda.
Umumta’lim maktab muassasalari o‘qituvchilari uchun uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi 56 kalendar kunni tashkil etadi.
Uzaytirilgan mehnat ta’tillari uchun haq to‘lashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi.
Ma’lumot uchun: Mehnat kodeksiga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2023 yildan kuchga kirdi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov