Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Prezident tomonidan 03.07.2023 yildagi “Raqobat to'g'risida”gi O'RQ-850-son Qonun imzolandi.

Prezident tomonidan 03.07.2023 yildagi “Raqobat to'g'risida”gi O'RQ-850-son Qonun imzolandi.

06 июль 2023 йил
210
0

Hujjatga muvofiq monopoliyaga qarshi organ sifatida Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi belgilanmoqda, u Prezident va Senatga hisobdor bo'lib o'z faoliyatini boshqa organlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. 

Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo'yicha talablar belgilanmoqda.

Ma'lumot uchun: monopoliyaga qarshi komplayens – faoliyatning raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta'minlash, ularning buzilishi xatarlarini aniqlash va mazkur xatarlarning oldini olish bo'yicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimidan iborat.

Quyidagi tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplayensga ma'sul shaxs tayinlanishi lozim:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarda;
  • tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda;
  • so'nggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % va undan ortig'i davlatga tegishli bo'lgan yuridik shaxslarda;
  • so'nggi 3 yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining o'rtacha yillik miqdori BHMning 100 ming baravaridan oshadigan hamda ustav fondining 50 % foizi va undan ortig'i ustav fondidagi davlat ulushi 50 % va undan ortiqni tashkil etadigan  yuridik shaxslarda;
  • yuridik shaxslarning birlashmalarida.

Shuningdek, ustun muzokara kuchi tushunchasi joriy etilmoqda. Ustun mavqega ega bo'lmagan xo'jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhi tomonidan bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatining mavjudligi ustun muzokara kuchi deb e'tirof etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 04.10.2023 yildan kuchga kiradi. 

Zarbdor tumani adliya bo‘limi

Yuridik markazi bosh yuriskonsulti

A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар