Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » QARZDOR TOMONIDAN IJRO HUJJATI IJRO ETILMAGANLIGI UCHUN JARIMANI UNDIRISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI

QARZDOR TOMONIDAN IJRO HUJJATI IJRO ETILMAGANLIGI UCHUN JARIMANI UNDIRISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI

07 июль 2023 йил
248
0

4.07.2023 yildagi “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma'muriy jarima mikdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish haqida”gi O'RQ-851-son Qonun qabul qilindi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 1981-moddasiga o'zgartirishlar kiritildi. Chunonchi, qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – BHMning 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo'ladi (ilgari –BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha).

 

Shu moddaning o'zida qayd etilishicha, ushbu moddaga asosan solinadigan ma'muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.

 

MJTKning 2453-moddasi ikkinchi qismida Majburiy ijro byurosi nomidan ma'muriy jazo choralarini qo'llashga haqli bo'lgan vakolatli mansabdor shaxslar belgilangan. Bular:

  • O'zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi;
  • Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o'rinbosarlari;
  • Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo'limlari boshliqlari.

 

Qonunda qayd etilishicha, kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasidagi ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etishga, Majburiy ijro byurosida yuz berishi mumkin bo'lgan suiiste'molliklarning oldini olishga, ijro hujjatlarining o'z vaqtida ijro etilishi borasida fuqarolarga qo'shimcha imkoniyatlar berishga xizmat qiladi.

 

Hujjat “Xalq so'zi” gazetasida e'lon qilingan va rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.

 

Zarbdor tumani adliya bo‘limi

Yuridik markazi bosh yuriskonsulti

A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар