Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Aliment ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa.

Aliment ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa.

07 июль 2023 йил
222
0

Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning 77-moddasiga ko‘ra, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.

Shuning uchun amaldagi Oila kodeksining 96-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shart ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan  1,4 mlrd. so‘m aliment qarzdorliklari va 196 mln. so‘m aliment pullari oldindan undirilgan bo‘lsa, davlat ijrochilarining tashabbusi bilan 289 nafar fuqarolar ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 51 ta oilalar yarashtirilishga erishilgan.

Bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan farzandi Aliment ta’minotini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 22 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 474-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ma’muriy qamoq jazosiga tortilganidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan 5 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 122-moddasiga jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Xulosa qilib aytganda, aliment bu qarz emas, balki farzandning u voyaga yet­ganga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

Byuroning Zarbdor tuman davlat ijrochisi B.Boboqulov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
28 февраль 2023, Вторник
O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
Vorislik (vasiyat) huquqi haqida bilasizmi?
16 февраль 2023, Четверг
Vorislik (vasiyat) huquqi haqida bilasizmi?
Nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?
23 апрель 2022, Суббота
Nafaqalar va moddiy yordam qanday hollarda rad etiladi?
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар