DAVLAT BAYROG'IDAN QANDAY FOYDALANISH MUMKIN
Prezident tomonidan 07.07.2023 yildagi “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi O'RQ-853-son Qonun imzolandi.
Qonun bilan bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan quyidagilarda foydalanilishga ruxsat berildi:
- jamoat joylarida, binolar va boshqa ob'ektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida;
- sport musobaqalarida, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida;
- xalqaro sport musobaqalari hamda O'zbekiston chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda.
Shuningdek, hujjat bilan bayroqqa nisbatan hurmatsiz munosabatda bo'lish hollari belgilandi:
- bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi o'chgan holda va boshqa noma'qul tarzda, biror-bir narsa uchun ustki yoping'ich, kiyim, dastro'mol yoki ko'rpa-to'shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
- bayroqni stollarga, o'rindiqlarga, stullarga to'shash yoki uning tasvirini tushirish va undan qoplama sifatida foydalanish, shuningdek uni o'tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to'shash yoki uning tasvirini tushirish;
- bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 08.07.2023 yildan kuchga kirdi.
Zarbdor tumani adliya bo‘limi
Yuridik markazi bosh yuriskonsulti
A.Abduvaitov
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
07 июль 2023, Пятница
QARZDOR TOMONIDAN IJRO HUJJATI IJRO ETILMAGANLIGI UCHUN JARIMANI UNDIRISh TARTIBI SODDALAShTIRILDI
04 февраль 2023, Суббота
“Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
21 февраль 2022, Понедельник
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi
Изоҳлар (0)