Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam

17 июль 2023 йил
302
0

Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar va moddiy yordam (3 yoshgacha va 18 yoshgacha bola nafaqasi) 

Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

«Yagona reyestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar  va  ma’lumotnomalarni  taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda  ko‘rsatiladigan  ijtimoiy  xizmatlar  va  yordamlardan  foydalanishga  haqlidir.

Bunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlardan foydalanish va imtiyozlarni olish uchun «Yagona reyestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila (shaxs)ga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 3 daqiqa ichida ma’lumotnoma taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotnoma oila (shaxs) «Yagona reyestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlab o‘n ikki oy davomida amal qiladi.

Agar bitta oila so‘nggi 12 oy davomida ketma-ket «Yagona reyestr» AT orqali bir necha marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan bo‘lsa, bunda ma’lumotnomaning amal qilish muddati ushbu oila oxirgi marotaba kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oydan boshlanadi.

Oila (shaxs) «Yagona reyestr» AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Nizomning 1a-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etiladi.

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi.

Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining «Yagona reyestr» AT tomonidan elektron so‘rov yuborilgan kunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan mehnat staji hisoblanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan (to‘liq) miqdorda ijtimoiy soliq to‘langanda hisobga olinadi.

2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni to‘lash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni to‘lash muddatlari saqlab qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining kam ta’minlangan oilalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali 2021 yil 1 sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqabola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni avtomatik tarzda, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishning yangi tartibiga asosan nafaqa miqdori oshishi nazarda tutilgan fuqarolardan qo‘shimcha ariza va hujjatlar talab etmagan holda, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari maqullansin.

Bolalar nafaqasi va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

Zarbdor tumani adliya bo‘limi Yuridik markazi bosh yuriskonsulti A.Abduvaitov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар