Xotin-qizlar faollari uchun seminar tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi "Oila vа xotin-qizlar bilan ishlash,mahalla vа nuroniylarni qo'llab-quwatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-son Fаrmоnigа asosan oila vа xotin-qizlarning muammolarini o'z vaqtida aniqlash, og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila vа xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik уоrdаm ko'rsatish Qo'mitaning asosiy vazifa vа faoliyat yo'nalishlaridan biri etib belgilangan.
Shu maqsadda Zarbdor tuman hokimligi zalida 24 nafar mahalla xotin-qizlar faollari uchun,O'zbekiston psixologlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda oilalar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarning oldini olish,xotin-qizlarga huquqiy-psixologik yordam ko'rsatish borasida psixologik bilimlarini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar bo‘lib o‘tyapti.
Ayni paytda nizoli oilalar bilan ishlash yuzasidan tushunchalar berilmoqda.