Телефонлар:
(0372) 492-25-05
(0372) 492-24-95
» » Tumanda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ichki bozor va eksportga yo‘naltirish imkoniyatlari hamda faoliyati yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tumanda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ichki bozor va eksportga yo‘naltirish imkoniyatlari hamda faoliyati yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

21 июль 2023 йил
107
0

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

 

Shu bilan birga, paxta va g‘alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qo‘shimcha o‘sishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va o‘rganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda. Yerlardan oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat mavjud.

Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikasiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga berish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi. 

Zarbdor tumanida o‘tgan davr mobaynida 2053 ga yer maydonlari 3254 nafar fuqarolarga “e-auksion” orqali berildi. Bunda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan fuqarolarga ustunlik berilgan bo‘lib, ular bir mahalla bir mahsulot tamayili asosida mahsulot yetishtirib, nafaqat ichki bozor, balki chet davlatlarga ham eksport qilinmoqda. 

Ochiq muloqotda davomida mahalliy jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Zarbdor tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар